9-May

Jafokash xalqimiz asrlar davomida ne-ne og’ir sinovlar,mashaqqatli kunlarni ko’rmadi. O’z ozodligi,erkinligi, tinch hayoti  yo’lida kurashib,behisob qurbonliklar bergan ota-bobolarimiz jasorati tarixiy xotiramizdan hech qachon o’chmaydi.                                                                                                  I. Karimov

Biz bu kunlarga osonlikcha yetib kelganimiz yo’q. Ozodlik yo’lida xalqimiz behisob qurbonlar bergan. Bugungi yorug’ kunlar uchun hayotini bag’ishlagan minglab millatparvar fidoyi insonlar shafqatsiz atag’onga uchragan. Ular orasida ziyolilar,

qanchadan-qancha kosib va dehqonlar, hunarmandlar, bir so’z bilan aytganda, turli millatga mansub yuz minglab oddiy odamlar bor edi.

O’z vaqtida turli nohaq ayblar bilan otilgan, bekafan, bejanoza ko’mib tashlangan kishilarning oila a’zolari, qarindosh-urug’lari ham xo’rlik va haqoratga mahkum etilgan edi.

`Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan mamlakatimizda istibdod qurbonlari sha’nini tiklash, tarixiy adolatni qaror toptirish borasida qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Go’zal poytaxtimiz Toshkent shahrida «Shaxidlar xotirasi»

ziyoratgohi bunyod etildi.

2001 yil 1-may kuni Prezidentimizning «Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to’g’risida «gi Farmoni e’lon qilindi. Mazkur farmonga ko’ra, har yili 31 avgust kuni — Mustaqillik bayrami arafasida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik

majmuida qatag’on qurbonlarini yod etish marosimi bo’lib o’tadi.

Leave a Reply

Required fields are marked*